w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandlik besh nafar tibbiyot xodimi davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi

Samarqandlik besh nafar tibbiyot xodimi davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi

Viloyat hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq tibbiyot sohasi vakillarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etib, soha fidoyilarini bayram bilan tabrikladi.
– Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz, xalqimiz salomatligini saqlash yo‘lida qilayotgan amaliy sa’y-harakatlaringiz davlatimiz e’tiborida. Prezidentimiz tomonidan bu fidokorona xizmatlaringiz munosib rag‘batlantirilib kelinmoqda, – dedi viloyat rahbari.
Bu yil viloyatimizdan Respublika tez tibbiy yordam markazining Payariq tumani bo‘limi “Chelak” punkti haydovchisi Isoqul G‘afforov va Nurobod tumani tibbiyot birlashmasining bolalar bo‘limi mudiri Zebo Suyarova II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan, Ishtixon tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi mudiri Sunnatilla Safarov II darajali “Salomatlik” ordeni bilan, Bulung‘ur tumani tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi Feruza Yaxshilikova “Sog‘lom turmush” medali bilan, Qo‘shrabot tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi patronaj doyasi Sevara Temirova “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Tadbirda tibbiyot xodimlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatilib, ularning faoliyatida muvaffaqiyatlar tilandi. Mazkur mukofotlar tibbiyot sohasida fidokorona xizmat qilayotgan insonlarning mehnati yurtimizda yuksak qadrlanayotganidan dalolat beradi.

Kiritilgan vaqti: 10/11/2025 14:51.   Ko‘rilganligi: 17
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandlik-besh-nafar-tibbiyot-xodimi-davlat-mukofotlariga-sazovor-boldi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing