w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandga Xitoydan 300 ta “Yutong” avtobuslarini olib kelish masalalari muhokama etildi

Samarqandga Xitoydan 300 ta “Yutong” avtobuslarini olib kelish masalalari muhokama etildi

Samarqandga olib kelingan elektrobuslar faoliyatini yanada takomillashtirish, yangi elektrobuslar xarid qilish,

elektrobuslar faoliyati davomida aniqlangan ayrim texnik muammolarni bartaraf etish hamda kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida Samarqand viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i R.Tojiyev va “Samarqandyo‘lovchitrans” davlat muassasasi direktori O.Abdullayev Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib qaytishdi.
Qariyb 12 million aholiga ega Xitoy janubi sharqidagi Chenjou shahri sanoat hududidagi «Yutong» avtobuslarini ishlab chiqarish zavodida bo‘lgan ma’sullar avtobuslarni ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.
112 ga maydonda joylashgan zavod 30 ming fuqaroni ish bilan ta’minlagan bo‘lsa, ular orasida 3 ming nafar tadqiqotchi muhandislar, 15 nafar fan doktori va 473 nafar magistr bor. «Yutong» zavodi jami 2 355 ta faol patent hamda dasturiy ta’minot bo‘yicha mualliflik huquqiga ega. Shu kunga qadar ixtirolari uchun 775 ta patent olgan. 1 milliard yuandan ortiq sarmoyaga ega muhandislik va texnologiya tadqiqot markaziga ega.
«Yutong» O‘zbekiston bozorida 2012-yilda o‘z faoliyatini boshladi. Bugun Samarqandda ham zavodning 100 dona elektrobuslari aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Samarqandlik mutasaddilar «Yutong» zavodi rahbariyati bilan muloqot olib borishdi. Tomonlar jamoat transporti tizimini rivojlantirish uchun harakat tarkiblarini yangilash vazifalarini muhokama qilishdi.
Samarqandda foydalanilayotgan “Yutong” elektrobuslari soni ortib borayotganidan kelib chiqib, kompaniya tomonidan ko‘rsatilayotgan servis xizmatlarini kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Bundan tashqari, Samarqand shahri uchun qo‘shimcha ravishta dastlabki bosqichda 80 dona keyinchalik esa 250 dona elektrobuslar xarid qilish bo‘yicha istiqbolli loyiha yuzasidan fikr almashildi.
«Yutong» zavodi rahbariyati hamkorlik uchun doimo tayyorliklarini, Samarqand shahri uchun hudud sharoitidan kelib chiqib avtobuslar ishlab chiqarib, texnik xizmat ko‘rsatilishini ma’lum qilishdi.
"Samarqandyo‘lovchitrans" DK axborot xizmati

Kiritilgan vaqti: 30/07/2025 11:11.   Ko‘rilganligi: 413
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandga-xitoydan-300-ta-yutong-avtobuslarini-olib-kelish-masalalari-muhokama-etildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 8

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing