w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqanddagi xorijiy korxona tekstil yo`nalishida dunyoning yirik brendlari uchun mahsulotlar ishlab chiqarmoqda

Samarqanddagi xorijiy korxona tekstil yo`nalishida dunyoning yirik brendlari uchun mahsulotlar ishlab chiqarmoqda

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Koreyaning Youngone Corporation kompaniyasi Prezidenti Sung Ki Hak bilan uchrashdi.

Muloqotda Koreya kompaniyasi tomonidan Samarqand viloyatiga kiritilgan investitsiyalar, korxonalar faoliyati haqida to`xtalib o`tildi.
Youngone Corporation kompaniyasining O`zbekistonga qilingan to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalari miqdori 28 million dollardan ortiqni tashkil etadi. Dastlab Samarqandda tekstil yo`nalishida “SAMARKAND APPAREL”, keyinchalik Toshkent viloyatining Bo`ka tumanida “BUKA SPORTS WEAR” xorijiy korxonalari tashkil etilib, hozirda ushbu korxonalarda 1000 nafarga yaqin doimiy ish o`rinlari yaratilgan,-deydi Sung Ki Hak.
Kelgusi 2 yil ichida yana 30 million dollar qo`shimcha investitsiya kiritilib, ishlab chiqarish va eksport hajmini yanada kengaytirish reja qilingani aytildi.
Kompaniya Prezidenti Sung Ki Hak “SAMARKAND APPAREL” xorijiy korxonasi tomonidan so`nggi bir yarim yil ichida Janubiy Koreya bozoriga AQSHning “The North Face” hamda Yevropa bozoriga, xususan Germaniyaga, mashhur jahon brendi hisoblangan “Engelbert Strauss” brendiga tayyor kiyim-kechak mahsulotlari eksportini amalga oshirib kelayotganini ma’lum qildi.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Koreya kompaniyasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish tarafdori ekanligi, viloyatning aholi gavjum hududlarida ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish zarurligiga to`xtalib o`tdi. Tashkil etiladigan korxonalar aholi bandligini ta’minlashda ham asosiy omil bo`lishini bildirdi. Bu yo`nalishda qonun doirasida ko`mak ko`rsatilishi ma’lum qilindi.

Oxirgi o‘zgarish: 08/05/2025 09:38.   Ko‘rilganligi: 80
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqanddagi-xorijiy-korxona-tekstil-yonalishida-dunyoning-yirik-brendlari-uchun-mahsulotlar-ishlab-chiqarmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing