w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda zamonaviy tibbiyot klinikasi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda

Samarqandda zamonaviy tibbiyot klinikasi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev xitoylik investorlar — Van Jang Xua va Sui Tong Shi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda hududda tibbiyot sohasini rivojlantirish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda investorlar Samarqandda quloq, burun va tomoq kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan zamonaviy klinika tashkil etish niyatida ekanliklarini ma’lum qilishdi. Ta’kidlanishicha, ushbu tibbiyot muassasasida ilg‘or davolash usullari keng qo‘llanilib, xususan, igloterapiya amaliyotiga alohida e’tibor qaratiladi.
Loyihani amalga oshirish uchun 5 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish rejalashtirilmoqda.
Viloyat hokimi Adiz Boboyev xususiy tibbiyot klinikasini tashkil etishda investorlarga qonun doirasida ko‘mak berilishini ta'kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu loyihani amalga oshirish yuzasidan hamkorlikda ish olib borishga kelishib oldilar.

Kiritilgan vaqti: 25/03/2026 09:36.   Ko‘rilganligi: 18
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-zamonaviy-tibbiyot-klinikasi-tashkil-etilishi-rejalashtirilmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing