w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi tadbirlari doirasida O‘zbekiston va Slovakiya ijodiy jamoalarining konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi tadbirlari doirasida O‘zbekiston va Slovakiya ijodiy jamoalarining konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

Ayni paytda mamlakatimizga tashrif buyurgan Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegri boshchiligidagi delegatsiya Samarqandda bo‘lib turibdi.

Viloyat musiqali drama teatrida slovakiyalik mehmonlar ishtirokida madaniy dastur tashkil etildi.
Madaniy dastur ochilishida Slovakiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Viktor Boreskiy so‘zga chiqib, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar izchil rivojlanib, yangi mazmun kasb etayotganini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, madaniy aloqalarni mustahkamlash xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunish va hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston va Slovakiya san’at ustalari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi. Qo‘shiq va raqslar, milliy musiqa va zamonaviy ijrolar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Musiqiy kechada YUNESKO bosh direktori Odri Azule, Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrini, Bosh vazir o‘rinbosari Achilboy Ramatov, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Kiritilgan vaqti: 01/11/2025 09:34.   Ko‘rilganligi: 22
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-yunesko-bosh-konferensiyasining-43-sessiyasi-tadbirlari-doirasida-ozbekiston-va-slovakiya-ijodiy-jamoalarining-konsert-dasturi-bolib-otdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing