w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda yangi “Vatanparvar” bog‘i ochildi

Samarqandda yangi “Vatanparvar” bog‘i ochildi

Samarqand shahrida 7,3 gektar maydonda bunyod etilgan zamonaviy “Vatanparvar” bog‘i foydalanishga topshirildi.

Marosimda nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Bog‘da 30 dan ortiq zamonaviy attraksionlar o‘rnatilib, sun’iy ko‘l, 85 metrlik oynali ko‘prik, hayvonot bog‘i, charxpalak, Amerika tog‘lari, avtodrom va karting maydoni tashkil etilgan.

Bog‘ning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev ishtirok etib, mazkur loyiha shaharning turizm salohiyatini oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun munosib sharoit yaratishini ta’kidladi.

Taʼkidlanganidek, loyiha doirasida 250 ta yangi ish o‘rni yaratilgani xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Tadbir ishtirokchilari bog‘da yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, zamonaviy attraksionlar, ko‘ngilochar maydonlarni ko‘zdan kechirdilar.

Zamonaviy infratuzilmaga ega “Vatanparvar” bog‘i Samarqanddagi ommabop hordiq maskanlaridan biriga aylanadi.


Kiritilgan vaqti: 15/07/2026 11:29.   Ko‘rilganligi: 17
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-yangi-vatanparvar-bogi-ochildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing