w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida “Yoshlar tashabbuslari” marafoni bo‘lib o‘tdi

Samarqandda “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida “Yoshlar tashabbuslari” marafoni bo‘lib o‘tdi

Tadbir yoshlarning faolligini oshirish, ularning innovatsion g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

Unda axborot texnologiyalari, startap loyihalar, tadbirkorlik, madaniyat va kitobxonlik sohalarida qator amaliy tashabbuslar namoyish etildi.
Marafon davomida samarqandlik yoshlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, dolzarb masalalar bo‘yicha aniq takliflar va yangi g‘oyalarni ilgari surdilar. Bu esa yoshlarning jamiyatdagi faol ishtirokini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Marafon yakunida Samarqand shahridagi Qorasuv maskanida konsert dasturi tashkil etildi. Unda viloyat hokimi Adiz Boboyev, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanovlar so‘zga chiqib, bugungi kunda yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdilar hamda barcha yoshlarga omad va muvaffaqiyatlar tilashdi.
Shuningdek, faol yoshlar, ular bilan ishlovchi tashkilot va muassasalar rahbarlari, oliy o‘quv yurtlari rektorlari turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar.
Gala-konsert dasturida Vatan va yoshlikni tarannum etuvchi qo‘shiqlar ijro etilib, tadbir ko‘tarinki ruhda yakunlandi.

Kiritilgan vaqti: 11/06/2026 10:39.   Ko‘rilganligi: 17
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-yangi-ozbekistonni-yoshlar-quradi-shiori-ostida-yoshlar-tashabbuslari-marafoni-bolib-otdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing