w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda yana ikkita tonnel quriladi

Samarqandda yana ikkita tonnel quriladi

“Samarqand shahrida suv ta’minoti tizimlari va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyiha doirasidagi bu qurilish Abu-Dabi Taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi va Abu-Dabi Taraqqiyot jamg‘armasi o‘rtasida loyihani amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 17 yilda qaytarish muddati bilan qarz bitimi imzolangan. Unda, shuningdek, loyihani amalga oshirish davri 4 yil, ya’ni 2022-2026 yillarni tashkil etishi belgilangan.
Loyihani jadallashtirish maqsadida ish 4 ta LOTga ajratilib, “Qurilish ishlarini tayyor holda topshirish” sharti bilan xalqaro tender savdolariga qo‘yilgan.
Lotlarning birida Gagarin va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasida 750 metr, inshoot uzunligi 44 m.; Gagarin va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida 650 metr, inshoot uzunligi 50 metr bo‘lgan tonnellar, 2 ta Gagarin ko‘chasidagi temiryo‘l ustida 78 metr, Siyob kanali ustida 165 metr bo‘lgan ko‘prik qurilishi rejalashtirilgan.
Ushbu vazifa bo‘yicha o‘tkazilgan tender natijalariga ko‘ra, “Me’mor Utkir Chovka LLC” (O‘zbekiston) & “Shaanxi Road and Bridge Group Co., Ltd” (Xitoy) – Konsorsium g‘olib, deb topilgan.
Hozirda obyektda qurilishi ishlarini tashkillashtirish uchun vaqtinchalik bino vagonchalar tashkil qilingan. Kommunikatsiya tizimlarini ko‘chirish ishlari boshlanib, elektr energiyasi hamda aloqa tarmoqlarini, temiryo‘l ustidan o‘tuvchi ko‘prik atrofida to‘siq devorlarni ko‘chirish ishlari olib borilmoqda.
Hududdagi barcha kommunikatsiya tizimlari ko‘chirilib, avtomobillar va piyodalarning xavfsiz harakatlanish sxemalari tuzilib, tasdiqlanganidan so‘ng bosqichma-bosqich qurilish ishlari boshlanadi.
Shuningdek, qayd qilingan loyiha doirasida yo‘llar qurilishi ham rejalashtirilgan. Xususan, Amir Temur ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasidan Gagarin ko‘chasigagacha 2,3 km. hamda Gagarin ko‘chasining Gulobod ko‘chasidan M-37 avtomobil yo‘ligacha 9,2 km. qismi qurilib, rekonstruksiya qilinadi. Bu borada o‘tkazilgan tender natijalari bo‘yicha “New Tech Samarkand” (O‘zbekiston), “Sinoindustrial Tashkent” (O‘zbekiston) va “Tekar Teknik Arastirma Ticaret Limited Sirketi” (Turkiya) – Konsorsiumi g‘olib, deb topilgan.
Bugungi kunda obyekt bo‘yicha pudrat shartnomalarni rasmiylashtirish uchun tender natijalari hisobotlariga Abu Dabi Taraqqiyot jamg‘armasining roziligi olinib, pudrat shartnomasi tayyorlanmoqda. Yaqin kunlarda pudrat shartnomalar rasmiylashtirilib, qurilish ishlari boshlanadi.
Samarqand shahri infratuzilmasini modernizatsiya qilishda suv inshootlari qurilishi ham ko‘zda tutilgan. Jumladan, 6 ta nasos stansiyasi, 2 ta suv inshootlari (Dahbet va Cho‘pon ota) rekonstruksiya qilinadi. Bunda “MESMER-EAST LLC” (O‘zbekiston) & “GÜÇLÜ İNŞAAT” (Turkiya) - Konsorsium g‘olib deb topilgan. Pudrat shartnoma imzolagan mazkur kampaniya tomonidan loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanmoqda.
4-LOTda jami 11,2 km., shundan Amir Temur ko‘chasida Bo‘stonsaroy ko‘chasidan Gagarin ko‘chasigacha 2,3 km. hamda Gagarin ko‘chasida 8,9 km. ichimlik suv tarmoqlarini qurish ishlari amalga oshiriladi.
Tenderda g‘olib deb topilgan “MESMER-EAST LLC” (O‘zbekiston) & “GÜÇLÜ İNŞAAT” (Turkiya) - Konsorsium bugungi kunda Amir Temur ko‘chasining Gagarin ko‘chasi kesishmasidan Bo‘stonsaroy ko‘chasiga qarab qurilish-montaj ishlarini boshlagan.
Qayd etish lozimki, davlatimiz rahbarining 2019 yil 2 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 300 mln. AQSH dollari miqdorida kredit mablag‘lari ajratilishi belgilangan.

Kiritilgan vaqti: 12/03/2023 21:31.   Ko‘rilganligi: 277
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-yana-ikkita-tonnel-quriladi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.