w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda yana bir tibbiyot markazi xalqaro standartlarga muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi

Samarqandda yana bir tibbiyot markazi xalqaro standartlarga muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi

So‘nggi yillarda viloyatimizdagi qator ixtisoslashtirilgan markazlar o‘z faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirib bormoqda.

Samarqandda ularning soni yana bittaga ko‘paydi. Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyat hududiy filiali sog‘liqni saqlash sohasida sifat bo‘yicha akkreditatsiya markazi (ACQH)ning xalqaro standartlarga muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi.
Xalqaro akkreditatsiya ushbu tibbiyot markazining bemorlarga jahon standartlariga to‘liq javob beradigan tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishini anglatadi.
Xalqaro tashkilot vakillari viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev bilan uchrashuvda Samarqandda tibbiyot sohasini takomillashtirish, tizimda zamonaviy ilg‘or texnologiyalarini joriy etish, tibbiyot markazlarida munosib shart-sharoitlar yaratib berilayotgani uchun viloyat hokimligiga minnatdorlikchilik bildirishdi.
Viloyat rahbari Adiz Boboyevga Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyat hududiy filiali xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganligi munosabati bilan Sog‘liqni saqlash sohasida sifat bo‘yicha akkreditatsiya markazi (ACQH) tomonidan berilgan xalqaro standartlarga muvofiqlik sertifikati topshirildi.
Xalqari sertifikat bu sifatni yaxshilash va mijozlarning talablariga javob berishda xalqaro e’tirof etilgan standart bo‘lib, markaz faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Kiritilgan vaqti: 09/09/2025 11:39.   Ko‘rilganligi: 49
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-yana-bir-tibbiyot-markazi-xalqaro-standartlarga-muvofiqlik-sertifikatini-qolga-kiritdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing