w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda xalqaro global turizm forumini o‘tkazish masalalari muhokama etildi

Samarqandda xalqaro global turizm forumini o‘tkazish masalalari muhokama etildi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Global turizm forumi  tashkiloti vakillari bilan uchrashdi. Muloqotda xalqaro tashkilot faoliyati haqida ma’lumot berildi.

GTF – bu turizm, hukumat, investitsiyalar va innovatsiyalar sohasidagi global yetakchilarni birlashtiradigan va xalqaro tadbirlarni tashkil etuvchi tashkilotdir. Har yili Global turizm forumi  davlat rahbarlari, turizm vazirlari, bosh direktorlar va global investorlar ishtirokida tez-tez Bryusselda o‘tkaziladigan asosiy yillik yig‘ilishga mezbonlik qiladi. Asosiy sammitdan tashqari, GTF yil davomida Yevropa, Yaqin Sharq, Osiyo va Afrikadagi asosiy turizm bozorlarida xavfsizlik bo‘yicha sammit, sarmoyaviy davra suhbatlari,  mintaqaviy forumlar va ixtisoslashtirilgan sammitlarni tashkil qiladi.

O‘tgan yili xuddi shunday forum Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan. Global turizm forumi tashkiloti vakillari bu yilgi dasturiga ko‘ra, mana shunday investitsion turizm forumini qadimiy Samarqand shahrida o‘tkazishni mo‘ljallamoqda. Forum o‘tkazilishi, unda kimlar ishtirok etishi, muhokama etiladigan masalalar haqida tashkilotchilar viloyat rahbariga taqdimot qilishdi.

Viloyat rahbari tashkilot nufuzi va faoliyatini yuqori baholab, Samarqandda o‘tkazilishi kutilayotgan forum yurtimiz, umuman, viloyat turizm salohiyatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. Taklif asosida maslahatlashgan holda ish ko‘rilishi, nufuzli tadbir o‘tkazilishi uchun qadim Samarqandning tanlangani quvonarli hol ekanligini aytdi.


Kiritilgan vaqti: 05/07/2025 15:22.   Ko‘rilganligi: 24
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-xalqaro-global-turizm-forumini-otkazish-masalalari-muhokama-etildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 8

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing