w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda volframni chuqur qayta ishlash loyihasi muhokama qilindi

Samarqandda volframni chuqur qayta ishlash loyihasi muhokama qilindi

Samarqand viloyatida volfram qazib olish va uni chuqur qayta ishlashga qaratilgan yirik investitsiya loyihasi muhokama qilindi.

Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Cove Capital” kompaniyasi rahbari Pini Atahuz bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda Pini Atahuz sanoat ishlab chiqarishi va strategik mineral resurslarni o‘zlashtirishdagi tajribasi haqida to‘xtaldi. Tomonlar Samarqanddagi volfram zaxiralarini samarali o‘zlashtirish bilan birga, rudani boyitish, konsentrat ishlab chiqarish hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar tayyorlashni o‘z ichiga olgan to‘liq ishlab chiqarish zanjirini yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqdilar.
Loyiha doirasida geologiya ishlari, litsenziyalash, infratuzilma va energiya ta’minoti masalalarida mahalliy hokimlik tomonidan ko‘mak berilishi ta’kidlandi. Shuningdek, hududda strategik mineral resurslarni qayta ishlashga ixtisoslashgan sanoat klasterini tashkil etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida ushbu tashabbus viloyatda yangi sanoat o‘sish nuqtalarini shakllantirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va xalqaro investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Kiritilgan vaqti: 18/06/2026 18:45.   Ko‘rilganligi: 16
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-volframni-chuqur-qayta-ishlash-loyihasi-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing