


Bugun Samarqand shahridagi 2-son sport maktabida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” hamda
“Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining badiiy gimnastika va og‘ir atletika bo'yicha 2-bosqichi — “Samarqand viloyati hokimi Olimpiadasi” bahslariga start berildi.
O‘yin turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida boshlangan gandbol musobaqalarida, Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida start olgan suzish musobaqasida ham viloyatimizning tuman va shaharlaridan kelgan jamoalar hamjihatlik hamda g‘alabaga intilish borasida munosib o‘yin namoyish etishmoqda.
Musobaqalarning tantanali ochilish marosimda viloyat hokimi o‘rinbosari X.Tuxtayev, kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat kengashi raisi S.Rafiqov, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i J.Nurmanov, mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi viloyat bo‘linmasi ijrochi direktori H.Tugalov, viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda sport federatsiyalari vakillari ishtirok etishdi.
G‘olib jamoalar mazkur musobaqalarning keyingi Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 10
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.