w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda Turkiyaning yangi bosh konsuli ish boshladi

Samarqandda Turkiyaning yangi bosh konsuli ish boshladi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Turkiyaning Samarqanddagi yangi bosh konsuli sifatida ish boshlagan Serdar Deniz bilan uchrashdi. 

Serdar Deniz yaqinda o‘z faoliyatini tugatgan sobiq Bosh konsul Salih Janer o‘rniga tayinlangan.
Uchrashuvda konsul boshlayotgan faoliyati davomida O‘zbekiston hamda Turkiya munosabatlarini rivojlantirish, Turkiya hududlari bilan Samarqand viloyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, turizm sohalarida hamkorlik va aloqalarni yanada rivojlanishiga hissa qo‘shishini bildirdi.
Viloyat rahbari Adiz Boboyev Serdar Deniz ishiga omad tilab, Samarqand viloyati hokimligi doimiy hamkorlikka tayyorligini bildirdi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan istiqbolli loyihalar haqida to‘xtaldi.
Uchrashuv yakunida Samarqand viloyati hokimligi hamda Bosh konsullik o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Oxirgi o‘zgarish: 24/10/2025 10:19.   Ko‘rilganligi: 57
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-turkiyaning-yangi-bosh-konsuli-ish-boshladi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing