w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda turizmni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi

Samarqandda turizmni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Gruziyaning “Reformatics” konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda turizmni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
“Reformatics” kompaniyasi O‘zbekistonda 2040-yilgacha mo‘ljallangan turizmni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etmoqda. Shu maqsadda kompaniya mutaxassislari vazirlik va idoralar, shuningdek, viloyatlar hokimliklari bilan hamkorlikda yurtimizning turistik salohiyatini o‘rganmoqda.
Uchrashuvda Samarqandda turizm sohasini rivojlantirish, xorijiy sayyohlarni ko‘proq jalb etish, turizm xizmatlarini eksport qilish, infratuzilmani yaxshilash va turistik kontentni boyitish masalalari haqida fikr almashildi.
Adiz Boboyev viloyatda turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi rejalar haqida to‘xtaldi. Xususan, yangi aeroport qurish va Samarqandni yirik transport habiga aylantirish, ichki va xalqaro reyslar, tezyurar poyezdlar qatnovini ko‘paytirish, yangi mehmonxona va restoranlar tashkil etish masalalari haqida gapirdi.
- 2025-yil yakuniga qadar viloyatga 3 million nafarga yaqin xorijlik va 5 million nafar mahalliy sayyoh kelishi kutilmoqda,-dedi viloyat rahbari.
Uchrashuvda viloyatda gastronomik turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumotlar berildi.
“Reformatics” vakillari ta’kidlashicha, ishlab chiqilayotgan strategiyada axborot va yashil texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Ular Samarqandda turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini ham bayon etishdi.
Mehmonlar shahardagi tarixiy obidalar, zamonaviy mehmonxonalar va “Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazi faoliyati bilan tanishib, turizm sohasidagi imkoniyatlarni chuqur o‘rganishni rejalashtirgan.

Kiritilgan vaqti: 09/10/2025 13:45.   Ko‘rilganligi: 35
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-turizmni-rivojlantirish-istiqbollari-muhokama-etildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing