w w w . s a m a r k a n d . u z

SAMARQANDDA TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

SAMARQANDDA TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Samarqand viloyatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, biznes yuritishda uchrayotgan muammolarni joyida o‘rganish va amaliy yechimlar topish maqsadida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda Markaziy bank raisi, Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori, Soliq qo'mitasi raisi, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o'rinbosari, tijorat banklari boshqaruvi raislari, bir qator banklar mas’ullari shuningdek, Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari ishtirok etdi.
Muloqot davomida tadbirkorlar o‘z faoliyatida duch kelayotgan muammolar xususan, moliyaviy resurslar, kredit va yer ajratilishi, mahsulotlar eksportini oshirish va infratuzilma bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha taklif va murojaatlarini bildirishdi. Mas’ullar tomonidan har bir murojaat joyida eshitilib, ularni tezkor hal etish choralari ko‘rildi. Banklar rahbarlari tadbirkorlarga zarur kredit mahsulotlari, imtiyozlar, loyihalarni moliyalashtirish tartib-taomillari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berishdi.
Mazkur uhrashuvdan asosiy maqsadi — tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratish, biznesning barqaror rivojlanishini ta’minlash va hudud iqtisodiyotini yuksaltirishdan iboratdir.

Kiritilgan vaqti: 27/11/2025 11:30.   Ko‘rilganligi: 80
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-tadbirkorlar-bilan-uchrashuv-otkazildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing