w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda Sichuan provinsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Samarqandda Sichuan provinsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Samarqand shahridagi BMT Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) binosida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev

Xitoy Xalq Respublikasining Sichuan provinsiyasi Partiya qo‘mitasi doimiy qo‘mitasi a’zosi Pubu Dunju boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida hududlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, turizm, sanoat, qishloq xo‘jaligi va madaniy aloqalar sohalarida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama etildi.
Shundan so‘ng Sichuan provinsiyasi va Samarqand viloyatining iqtisodiy va ilmiy salohiyati, sayyohlik va boshqa sohalardagi imkonoyatlarini namoyish etuvchi ko‘rgazma bilan tanishildi.
Shuningdek, “Samarqand viloyati - Sichuan provinsiyasi” biznes forumi tashkil etildi. Unda tomonlar investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish va tajriba almashish masalalari yuzasidan qator kelishuvlarga erishdilar.
Tadbir doirasida ikki hudud biznes vakillari ham muloqot olib borib, istiqbolli yo‘nalishlarda aniq loyihalarni muhokama qilishdi.

Kiritilgan vaqti: 25/09/2025 11:43.   Ko‘rilganligi: 16
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-sichuan-provinsiyasi-delegatsiyasi-bilan-uchrashuv-otkazildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 1

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing