w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda Shvetsiya delegatsiyasi bilan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

Samarqandda Shvetsiya delegatsiyasi bilan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

Samarqand viloyati hokimligida Shvetsiya Adliya vazirligi va Taraqqiyot agentligi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida migratsiya sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholini kasbga tayyorlash va ularni ish bilan ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlar mehnat migratsiyasi jarayonlarini tizimli tashkil etish hamda mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlar ishlab chiqish muhim ekanligini ta’kidladilar.
Shuningdek, Shvetsiya delegatsiyasi vakillari viloyatda yoshlar va xotin-qizlarni kasbiy tayyorlash borasidagi ishlar bilan qiziqdi.
Uchrashuv yakunida kelgusida hamkorlikni amaliy loyihalar bilan boyitish, migratsiya sohasidagi hamkorlikka qaratilgan dasturlarni amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.

Kiritilgan vaqti: 05/10/2025 21:29.   Ko‘rilganligi: 12
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-shvetsiya-delegatsiyasi-bilan-hamkorlik-yonalishlari-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 14

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing