w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda shaharsozlik sohasida Xitoy bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Samarqandda shaharsozlik sohasida Xitoy bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Viloyat rahbari Adiz Boboyev Xitoyning Uy-joy, qishloq va shahar qurilish vaziri Ni Xun bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda dastlab Ni Xun Samarqand shahri arxitekturasi, boy tarixiy obidalari, o‘ziga xos infratuzilmasini alohida e’tirof etdi.
- Men 3 ming yillik tarixga ega Samarqand shahrida o‘zbek xalqining betakror qadriyatlarini ko‘rib turganimdan baxtiyorman. Har bir xalqning madaniyati o‘sha hududda barpo etilgan bunyodkorlik namunalariga ham ta’sir etmay qolmaydi. Shu ma’noda Samarqand nafaqat Osiyo, balki Bugun dunyoda ham alohida tilga olinadi, - dedi Xitoyning Uy-joy, qishloq va shahar qurilish vaziri.
Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Xitoy zamonaviy shaharsozlik yo‘nalishida dunyodagi yetakchi mamlakatlardan biri ekanligini ta'kidladi.
Tomonlar Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan urbanizatsiya jarayonlari, barpo etilayotgan zamonaviy turar joy majmualari, ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan loyihalar yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuvda viloyat infratuzilmasi, arxitektura va shaharsozlik yo‘nalishlarida hamkorlik loyihalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirib, kelgusida manfaatli loyihalarni boshlashga kelishib oldilar.

Kiritilgan vaqti: 28/08/2025 19:20.   Ko‘rilganligi: 30
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-shaharsozlik-sohasida-xitoy-bilan-hamkorlik-istiqbollari-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing