w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda qurilish sohasi xodimlari kuni nishonlandi

Samarqandda qurilish sohasi xodimlari kuni nishonlandi

Bugun viloyatning barcha shahar va tumanlarida uy-joylar, ijtimoiy obyektlar hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Samarqand shahridagi “Mo‘jiza” bazmgohida bo‘lib o‘tgan tadbirda soha xodimlari, me’morlar va faxriylar ishtirok etdi. Viloyat hokimi Adiz Boboyev qurilish sohasi vakillarini kasb bayrami bilan tabriklab, ularning hududlar taraqqiyotidagi munosib hissasini e’tirof etdi.
Taʼkidlanganidek, viloyat tarixida birinchi marta bir yilning o‘zida 139 ta maktab, 66 ta bog‘cha, 127 ta tibbiyot va 5 ta oliy ta’lim muassasasida keng ko‘lamli qurilish va modernizatsiya ishlari olib borilmoqda. Natijada 65,5 mingta yangi o‘quvchi, bog‘chalarda esa 8 ming 840 ta tarbiyalanuvchi o‘rinlari yaratiladi.
Tadbir davomida bir guruh fidoyi quruvchilarga viloyat hokimligining Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bayram tadbiri viloyat san’at ustalari va taniqli xonandalar ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etdi.

Kiritilgan vaqti: 08/08/2026 21:46.   Ko‘rilganligi: 12
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-qurilish-sohasi-xodimlari-kuni-nishonlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing