w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda murojaatlar tahlili: natijalar va yutuqlar

Samarqandda murojaatlar tahlili: natijalar va yutuqlar

Prezident Xalq qabulxonasining hududlardagi o‘rganish ishlari davom etadi.

Navbatdagi manzil – Samarqand viloyati!

Viloyat aholisidan Prezident Xalq qabulxonasiga 39,9 mingta murojaat tushgan (o‘tgan yil mos davriga nisbatan 8 foizga kam).

Murojaatlar bilan ishlash holatini muhokama qilish maqsadida yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda muammolar bilan tizimli ishlash natijasida 16 tumandan 14 tasida murojaatlar soni sezilarli kamaygani e'tirof etildi.

Shuningdek, murojaatlarni qabul qilish va ularni tahlil etish jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy qilish, elektron murojaatlar platformasi orqali shaffoflik va tezkorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, ayrim kamchiliklar ham sanab o‘tildi. Masalan, Oqdaryo, Pastdarg‘om va Nurobod tumanlarida avval rejalashtirilgan shaxsiy qabullar o‘tkazilmay qolib ketgani ta'kidlandi (batafsil posterda).

Hududiy davlat idoralari va tashkilotlari rahbarlari hamda hokimlarga aholi murojaatlariga, ayniqsa, sayyor va shaxsiy qabullarga jiddiy yondashish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rildi. Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i Samarqand Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari etib tayinlangan Xurshid Ochilovni yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirdi.

Prezident Xalq qabulxonasi jamoasining Samarqanddagi o‘rganishlari davom etmoqda.


Kiritilgan vaqti: 06/07/2026 19:10.   Ko‘rilganligi: 73
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-murojaatlar-tahlili-natijalar-va-yutuqlar

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing