Bugun Samarqand shahrida “MEROS INTERNATIONAL HOSPITAL” klinikasi rasman ish faoliyatini boshladi.
Ushbu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi, tibbiyot xodimlari hamda viloyat va shahar keng jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.
Ushbu tibbiy muassasaga kiritilgan jami investisiyalar 15 mln. AQSh dollarini tashkil etib, birinchi navbatda 55 turdagi tibbiy xizmatlar ko’rsatishga ixtisoslashgan. 190 ta yangi ish o’rni yaratilgan mazkur klinikada 35 nafar malakali vrachlar faoliyatini boshlashdi. Shuningdek, muassasada 5 ta jarrohlik operatsiyalari xonasi va barcha zarur qulayliklarga ega 80 ta palatalar mavjud.
Tadbirda ishtirok etgan tibbiyot xodimlari tomonidan klinikadagi zamonaviy Revo-I robotlashtirilgan jarrohlik kompleksi, Brainlab neyronavigatsion tizimi va Inomed neyromonitoring uskunalari aniq tashxis qo’yish va davolashda yuqori samara berishi bildirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 8
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.