w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda MDH davlatlari uchun xavfsizlik sohasidagi muhim tadbir o‘tkaziladi

Samarqandda MDH davlatlari uchun xavfsizlik sohasidagi muhim tadbir o‘tkaziladi

Unda zamonaviy tahdidlar va o‘zaro harakatlarni muvofiqlashtirishga oid keng qamrovli masalalar ko‘rib chiqiladi.

16-17-oktyabr kunlari Samarqand shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengashining 57-majlisi hamda MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-majlisi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu majlislarda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston maxsus xizmatlari rahbarlari ishtirok etadi.
Tadbirlarda, shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi va MDHga a’zo davlatlar Aksilterror markazi vakillari ham qatnashadi.
Ushbu anjumanlardan ko‘zlangan asosiy maqsad Hamdo‘stlik makonida xavfsizlikni ta’minlash, shu jumladan, xalqaro terrorizm va ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, axborot xavfsizligiga tahdidlar, shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy xalqaro aylanmasiga qarshi kurashish borasida hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
Yig‘ilishlar davomida zamonaviy tahdidlar va o‘zaro harakatlarni muvofiqlashtirishga oid keng qamrovli masalalar ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Kiritilgan vaqti: 15/10/2025 17:36.   Ko‘rilganligi: 28
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-mdh-davlatlari-uchun-xavfsizlik-sohasidagi-muhim-tadbir-otkaziladi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 3

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing