
Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlaridan iborat ishchi guruh Samarqand viloyatida o'rganishlar olib bordi.
Unda so‘g‘liqni saqlash, bandlik hamda bank tizimlarida korrupsiyaviy omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishga alohida e'tibor qaratildi.
Mazkur o‘rganishlar natijasi hamda viloyatda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini muhokama qilish maqsadida joriy yilning 14-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari D.Raximov va Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi a’zolari ishtirokida Samarqand viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining taʼsis yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sohalarni raqamlashtirish, ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlashga qaratilgan choralar tahlil qilinib, Hududiy kengash a’zolarining faolligini oshirish, korrupsiyaning oldini olishga oid taklif va tashabbuslar ko'lamini kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Xususan, davlatimiz rahbarining topshiriqlariga binoan Hududiy kengashda har oyda bir marta tanlab olingan soha bo‘yicha korrupsiyaviy omillarni bartaraf qilishga qaratilgan ishlarni tanqidiy muhokama qilish hamda ushbu soha rahbarlarining axborotlarini eshitish zarurligi aytib o‘tildi.
Shuningdek, yig‘ilishda Samarqand viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining yangilangan yillik ish rejasi hamda Jomboy tumanini korrupsiyadan xoli hududga aylantirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" tasdiqlandi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 4
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.