


Samarqand shahrida Prezidentimizning "Koʻp kvartirali turar joy majmualarini qurishda kompleks qurilish mexanizmlarini joriy etish va shaffoflikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori asosida
“Nurli yo‘l” mahallasi hududida keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi.
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev hamda Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev mazkur hududda amalga oshiriladigan ishlar bilan tanishdi.

Uy-joy qurilishi jarayonlarida fuqarolarning roziligi, huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash ustuvor vazifa ekanini alohida ta’kidlandi.
Shu kuni "Samarqand invest kompaniyasi" AJda uy-joy fondini kompleks rivojlantirishga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Unda yer resurslaridan samarali foydalanish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tizimli shakllantirish hamda zamonaviy infratuzilmani barpo etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Samarqand viloyatida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, shahar infratuzilmasini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 8
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.