w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda Indoneziya ruhi: “Kampung Indonesia” mehmonxona va restoran majmuasi faoliyat boshladi

Samarqandda Indoneziya ruhi: “Kampung Indonesia” mehmonxona va restoran majmuasi faoliyat boshladi

Samarqand viloyati hokimi boshchiligidagi viloyat delegatsiyasining Indoneziyaga tashrifi davomida "EGI Resources" kompaniyasi bilan imzolangan hamkorlik memorandumidan kelib chiqib, 

Imom Buxoriy majmuasi yaqinida yangi turizm obyekti – “Kampung Indonesia” (Indoneziya mahallasi) o‘z faoliyatini boshladi.

Mazkur loyiha Indoneziyalik tashrif buyuruvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda milliy an’analarga mos xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan. Kompleks tarkibida zamonaviy va qulay mehmonxona, shuningdek, Indoneziya milliy taomlarini taklif etuvchi restoran faoliyat yuritadi. Bu esa mehmonlarga o‘z yurtidagi muhitni his etgan holda Samarqand ziyoratini amalga oshirish imkonini beradi.
“Kampung Indonesia” konsepsiyasi doirasida nafaqat yashash va ovqatlanish, balki madaniy muhitni yaratish ham ustuvor vazifa etib belgilangan. Interyer va servisda Indoneziya milliy uslubi aks ettirilgan bo‘lib, bu mehmonlarda o‘ziga xos iliqlik va yaqinlik hissini uyg‘otadi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi turizm aloqalarini mustahkamlash, ayniqsa, ziyorat turizmi yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu kabi tashabbuslar Samarqandni musulmonlar uchun yanada jozibador maskan sifatida rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kiritilgan vaqti: 13/04/2026 14:44.   Ko‘rilganligi: 20
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-indoneziya-ruhi-kampung-indonesia-mehmonxona-va-restoran-majmuasi-faoliyat-boshladi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing