w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda ilk bor Xalqaro paraplan festivali o‘tkazilmoqda

Samarqandda ilk bor Xalqaro paraplan festivali o‘tkazilmoqda

Yurtimizda ekstremal turizm turlarini ommalashtirish hamda xorijiy va mahalliy sayyohlar sonini oshirish maqsadida Samarqand viloyatining Urgut tumanida “Xalqaro Paraplan festivali” o‘tkazilmoqda.

Festivalning ochilishida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etdi.
Samarqandda ilk marotaba o‘tkazilayotgan festivalga Buyuk Britaniya, Fransiya, BAA, Rossiya, Belarus, Tojikiston, Qozog’iston, Ukraina kabi o‘n beshdan ortiq davlatdan paraplanchilar qatnashishmoqda.
Viloyat rahbari Adiz Boboyev viloyatimizda yangi turizm turining yo’lga qo’yilishi kelgusida sohani yanada rivojlantirishga, turizm xizmatlari ko‘lami oshishiga turtki bo‘lishini taʼkidladi.
Endlikda yil davomida Urgut tog‘ida paraplandan uchish imkoniyati yaratiladi. Bu esa tog‘ turizmini takomillashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Kelajakda Urgut tog‘ida dor yo‘li qurish, tashrif buyuruvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish zarur,-dedi viloyat rahbari.
Festival ikki kun davom etadi.

Kiritilgan vaqti: 10/05/2025 17:01.   Ko‘rilganligi: 113
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-ilk-bor-xalqaro-paraplan-festivali-otkazilmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing