w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda III respublika “Kitobxonlik haftaligi” boshlandi

Samarqandda III respublika “Kitobxonlik haftaligi” boshlandi

Keyingi yillarda har yili aprel oyida “Kitobxonlik haftaligi” tashkil etish an’ana tusini oldi.

Bugun Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida "Kitobsevar millat" shiori ostida III respublika "Kitobxonlik haftaligi" ushbu an’ananing davomi deyish mumkin.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari T.Tugalov so‘zga chiqib, mazkur haftalik aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, yozuvchi-shoirlar bilan yaqindan muloqot qilish, asarlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishda qo‘l kelishini ta’kidladi va kutubxona ma’muriyatiga yangi kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Tadbir davomida kitob yarmarkasi tashkil etildi. Shuningdek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi, "Kelajak liderlari" klubi vitse-prezidenti Farangiz Xudoyorova va yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda kitobxon o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi va sahna ko‘rinishlari ham namoyish etildi.

Kitobxonlik haftaligi 15-aprelga qadar davom etadi va haftalik doirasida kitob ko‘rgazmalari, ko‘rik-tanlovlar, ijodkorlar bilan uchrashuvlar, yangi adabiyotlar sharhi, badiiy va musiqiy kechalar, "Sevimli kutubxonamga kitob sovg‘a qilaman" aksiyalari o‘tkaziladi.


Oxirgi o‘zgarish: 10/04/2023 15:38.   Ko‘rilganligi: 256
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-iii-respublika-kitobxonlik-haftaligi-boshlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 3

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.