w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda harbiylar o‘rtasida triatlon bo‘yicha chempionatning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Samarqandda harbiylar o‘rtasida triatlon bo‘yicha chempionatning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida sportning triatlon turi bo‘yicha harbiylar o‘rtasida 25-jahon (25th CISM World Military Triathlon Championship) chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur chempionat xalqaro harbiy sport Kengashi (CISM), O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston triatlon federatsiyasi hamda viloyat hokimligi hamkorligida O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilmoqda.
Bugun jahon chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etdi.
Marosimda dastlab ushbu nufuzli musobaqaning ahamiyati va yubiley chempionati aynan tarixiy shahar - Samarqandda o‘tkazilayotgani haqida gapirildi va O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i hamda xalqaro harbiy sport Kengashi bayrog‘i tantanali ko‘tarildi.
O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli musobaqa nafaqat sportchilar o‘rtasidagi hamkorlik, balki dunyo xalqlari bilan do‘stlik hamda madaniy aloqalarni mustahkamlashga imkon yaratadi.
Musobaqada dunyoning 13 davlati — O‘zbekiston, Belgiya, Kanada, Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Sloveniya, Shveysariya, Qatar, Rossiya, Eron, Portugaliya va Qozog‘istondan kelgan 100 nafardan ziyod sportchi ishtirok etmoqda. Bellashuvlar ikki toifada — yakkalik va jamoaviy guruhlar o‘rtasida o‘tkaziladi. Sportchilar 750 metrga ochiq suv havzasida suzish, 19 kilometr velopoyga hamda 5 kilometr yugurish bosqichlarida kuch sinashadi.

Oxirgi o‘zgarish: 19/08/2025 08:45.   Ko‘rilganligi: 19
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-harbiylar-ortasida-triatlon-boyicha-chempionatning-ochilish-marosimi-bolib-otdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing