w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqalari boshlandi

Samarqandda futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqalari boshlandi

Ishtixon tumanidagi markaziy o‘yingohda "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" bahslariga start berildi.

Musobaqaning ochilish marosimida viloyat hokimi E.Turdimov, DXX viloyat boshqarmasi boshlig‘i A.Axmedov va O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ishtirok etib, mamlakatimizda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan an’anaviy DXX kubogi turniri yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, futbolni ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi va o‘yinni boshlab berishdi.
Shundan so‘ng, Ishtixon tumanining Qoraqo‘yli hamda Qoraqishloq mahallalari bahsga kirishdi.
Musobaqada 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol bo‘yicha ishtirok etmoqda.
Kubokning tuman, shahar saralash musobaqalari aprel-may, viloyatlar bo‘yicha saralash bahslari iyun-iyul va respublika final musobaqalari avgust oyida bo‘lib o‘tadi.

Kiritilgan vaqti: 04/04/2024 13:45.   Ko‘rilganligi: 116
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-futbol-va-mini-futbol-boyicha-dxx-kubogi-musobaqalari-boshlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.