w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda elektrosamokatlar va quyosh chiroqlari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi

Samarqandda elektrosamokatlar va quyosh chiroqlari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Xitoyning «YAXING GUOJI MAOYI» mas’uliyati cheklangan jamiyati mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Investorlar Oqdaryo tumanida amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan 28 mln AQSH dollari qiymatidagi loyihani taqdim etdilar. Kompaniya alkogolsiz ichimliklar, kir yuvish kukuni, 2, 3 va 4 g‘ildirakli zamonaviy elektrosomakatlar, shuningdek, quyosh panelida ishlaydigan ko‘cha chiroqlarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Birinchi bosqichda 16,5 mln dollar o‘zlashtirilib, korxona 2026-yil fevral oyida ishga tushishi ko‘zda tutilmoqda. Biroq, ishlab chiqarishni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish uchun Oqdaryo tumanidagi «Urgut» EIZ filiali joylashgan Dahbed massiviga olib boruvchi avtomobil yo‘lini qurish zarur. Investorlar aynan shu masalada viloyat rahbariga murojaat qildi.
Adiz Boboyev avtomobil yo‘llari boshqarmasi mutasaddilariga masalani tezkor hal etishni topshirdi va xitoylik tadbirkorlarga barcha masalalarda qonun doirasida yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi.
Tomonlar, shuningdek, loyihani amalga oshirish bosqichlarini muhokama qilib, keyingi hamkorlik qadamlarini belgib oldilar.
Ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi bilan hududda 40 ta yangi ish o‘rni yaratiladi, bu esa tumanning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga katta hissa qo‘shadi.

Kiritilgan vaqti: 19/09/2025 11:54.   Ko‘rilganligi: 16
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-elektrosamokatlar-va-quyosh-chiroqlari-ishlab-chiqarilishi-yolga-qoyiladi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing