w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi "SUS Environment Samarkand" zavodiga tamal toshi qo‘yildi

Samarqandda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi "SUS Environment Samarkand" zavodiga tamal toshi qo‘yildi

Zavod qurilishi uchun tamal toshi qo‘yish marosimida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etib, 

viloyatda  chiqindilarni qayta ishlash, undan energiya ishlab chiqarish yo‘nalishidagi mazkur loyihaning energiya barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati katta ekanligini taʼkidladi.

Xitoy Xalq Respublikasining “Shanghai SUS Environment” kompaniyasi tomonidan  Samarqad viloyatida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun 150 million AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qilinmoqda.

Loyiha doirasida Samarqand shahrining So’lim qo‘rg‘oni  hududidan 15 gektar maydon  ajratilgan bo‘lib, kuniga 1500 tonna chiqindini termik qayta ishlash va yiliga 240 million kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod quriladi.

Mazkur korxonada 150 tagacha yangi ish o‘rni yaratiladi.


Kiritilgan vaqti: 18/07/2025 10:04.   Ko‘rilganligi: 19
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-chiqindidan-elektr-energiyasi-ishlab-chiqaruvchi-sus-environment-samarkand-zavodiga-tamal-toshi-qoyildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 13

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing