w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda “Birodar shaharlar” birinchi xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda

Samarqandda “Birodar shaharlar” birinchi xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda

Shu yilning 24–25-iyul kunlari Samarqand shahrida ilk bor "Birodar shaharlar" xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Nufuzli anjuman dunyoning turli mamlakatlari shaharlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, xalq diplomatiyasini rivojlantirish hamda o‘zaro ishonch va do‘stlikni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisi Qahramon Sariyev,
Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev va boshqalar so‘zga chiqib, Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan ochiq va konstruktiv tashqi siyosat natijasida hududlararo hamkorlik va shahar diplomatiyasi yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi. Qayd etilganidek, bugungi kunda shaharlar iqtisodiy taraqqiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, turizm va madaniy almashinuvning muhim markazlariga aylanmoqda.
Forum doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, B2B va B2G uchrashuvlari, investitsiya taqdimotlari, ko‘rgazmalar hamda hamkorlik bitimlarini imzolash marosimlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Oxirgi o‘zgarish: 24/07/2026 20:35.   Ko‘rilganligi: 67
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-birodar-shaharlar-birinchi-xalqaro-forumi-bolib-otmoqda36

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing