w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda “Amir Temur kubogi” xalqaro turniri boshlandi

Samarqandda “Amir Temur kubogi” xalqaro turniri boshlandi

Samarqand shahridagi “Mo‘jiza” amfiteatrida yana bir nufuzli sport tadbiri – qo‘l jangining R-1 yo‘nalishi bo‘yicha “Amir Temur kubogi” xalqaro turniri boshlandi.

Turnirda 10 ga yaqin davlatdan kelgan eng kuchli sportchilar o‘zaro g‘oliblik uchun ringda bahs olib borishmoqda. Ular orasida Qirg‘iziston, Hindiston, Germaniya, Turkmaniston, Belarus va boshqa mamlakatlar vakillari ishtirok etmoqda.
Musobaqaning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar har ikki yilda bir marotaba o‘tkazilayotgan ushbu xalqaro turnirning ahamiyati haqida gapirib, sportchilarga muvaffaqiyat tilashdi.
Ushbu nufuzli turnirda O‘zbekiston sharafini bir qator iqtidorli sportchilar himoya qilmoqda. Jumladan, 54 kilogramm vazn toifasida – Sharofat Ortiqova, 60 kilogrammda – G‘iyosiddin Jamoliddinov, 62 kilogrammda – Shahriyor Bahranov, 97 kilogrammdan yuqori vaznda – Bekzod Mahamatov, 75 va 80 kilogramm toifalarida esa – Nilufar Polvonova hamda Asadbek Hikmatov ringga chiqishmoqda.
“Amir Temur kubogi” xalqaro turniri nafaqat yurtimiz sportchilari, balki boshqa davlatlardan kelgan jangovar sport turlari bilan shug‘ullanuvchilar uchun ham mahorat maydoni vazifasini o‘tamoqda.
Turnir yakunida musobaqa g‘oliblari munosib taqdirlanadi.

Kiritilgan vaqti: 25/10/2025 22:04.   Ko‘rilganligi: 81
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-amir-temur-kubogi-xalqaro-turniri-boshlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing