w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Abdulla Aripov, viloyat hokimi Adiz Boboyev, Xalqaro shaxmat federatsiyasi mas’ullari, xorijlik mehmonlar va olimpiada ishtirokchilari qatnashdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Abdulla Aripov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning olimpiada ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi hamda shaxmatchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Ochilish marosimida ayollar o‘rtasidagi 9-jahon chempioni Ju Chen va 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov ramziy rang tanlash marosimida ishtirok etdi. Shundan so‘ng marosim katta konsert dasturi bilan davom etdi.
E’tiborlisi, 1927-yildan buyon Butunjahon shaxmat olimpiadasi tarixida Markaziy Osiyo ilk bor ushbu nufuzli musobaqaga mezbonlik qilmoqda.
Musobaqada 1970 nafar shaxmatchi, jumladan, 238 nafar grossmeyster ishtirok etmoqda. 11 turdan iborat bahslar 27-sentabrga qadar davom etadi.

Oxirgi o‘zgarish: 16/09/2026 09:19.   Ko‘rilganligi: 44
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-46-butunjahon-shaxmat-olimpiadasining-ochilish-marosimi-bolib-otmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing