w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi yopilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi

Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi yopilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi

Samarqanddagi Olimpiada o‘z nihoyasiga yetdi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Abdulla Aripov, viloyat hokimi Adiz Boboyev, Xalqaro shaxmat federatsiyasi mas’ullari, xorijlik mehmonlar va olimpiada ishtirokchilari qatnashdi.
FIDE Shaxmat Olimpiadasi 2026 — yakuniy turnir jadvali:
Open yo‘nalishi:
O‘zbekiston — 20 ochko
Hindiston — 18 ochko
Germaniya — 18 ochko
Ayollar yo‘nalishi:
Xitoy — 20 ochko
Qozog‘iston — 18 ochko
Hindiston — 17 ochko
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa 15 match ochkosi bilan Olimpiadani 13-o‘rinda yakunladi.
Shuningdek, Javohir Sindarov — FIDE Excellence Awards 2026 mukofotida “Best Chess Player (Male)”, ya’ni eng yaxshi erkak shaxmatchi nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi!
FIDE Excellence Awards — bu FIDE tomonidan yangi tashkil etilgan va ilk marta topshirilayotgan mukofot bo‘lib, u oxirgi 2 yilda shaxmat olamidagi eng yaxshilarni taqdirlaydi. Javohir 2 yilda dunyoning TOP-4 o‘yinchisiga aylandi, Jahon kubogini yutdi, Nomzodlar turnirida tarixiy rekord o‘rnatib, hech kim shu paytgacha ko‘rsata olmagan natijani qayd etdi.
O‘zbekiston terma jamoasiga 2026-yilgi Shaxmat Olimpiadasining oltin medallari va chempionlik kubogi topshirildi!
Marosimda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) bayrog‘i —Birlashgan Arab Amirliklari, 47-Butunjahon shaxmat olimpiadasining mezbon davlati vakillariga topshirildi.

Kiritilgan vaqti: 27/09/2026 23:23.   Ko‘rilganligi: 377
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-46-butunjahon-shaxmat-olimpiadasi-yopilishiga-bagishlangan-marosim-bolib-otdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 14

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing