
Xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” majmuasida “Ipak yo‘lida muloqot” forumi tashkil etildi.
Unda butunjahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashivili va Jahon turizm aylansi raisi Chjan Syoy, O’zbekiston turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev, Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev hamda turli xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Viloyat rahbari Adiz Boboyev “Ipak yo‘lida muloqot” forumi turizm sohasidagi imkoniyat va istiqbollar, muammo va yechimlar bo‘yicha muloqot qilish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilishini taʼkidladi.
- Bizning umumiy maqsadimiz turizmni nafaqat iqtisodiy manfaat kelturuvchi, balki dunyo xalqlarini yaqinlashtiruvchi, tinchlik va barqarorlikka xizmat qiluvchi sohaga aylantirish,-dedi Adiz Boboyev.
Forum qadimiy Samarqand shahrida o‘tishi bejiz emas. Oxirgi yillarda bu yerda turizmni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyatga kelayotgan sayyohlar soni ortdi. Bu esa Samarqandning tinch va sayohat uchun qulay shahar sifatida nufuzi yanada oshishiga xizmat qilmoqda.
Tadbirda turizm sohasi istiqbollari, uni rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikda ishlash masalalari yuzasidan ma'ruzalar qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 14
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.