w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand xalqaro hamkorlik markaziga aylanmoqda

Samarqand xalqaro hamkorlik markaziga aylanmoqda

Samarqand viloyati hokimi Indoneziya Respublikasi Xalq maslahat Assambleyasi Spikeri Ahmad Muzani va spiker o‘rinbosari Rusdi Kirana bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur muloqot ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, mavjud imkoniyatlarni ishga solish hamda yangi yo‘nalishlarni belgilashda muhim qadam bo‘ldi.
Uchrashuv davomida viloyat hokimi Indoneziyaga amalga oshirilgan tashrif natijalari haqida batafsil to‘xtaldi. Xususan, Sharqiy Yava va Jakarta provinsiyalari gubernatorlari bilan samarali muzokaralar olib borilganligi ta’kidlandi. Ushbu hududlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalaridagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani aytildi.
Shuningdek, Indoneziya Din ishlari vazirligi bilan “Umra+” dasturini yo‘lga qo‘yish, hadis xatmonalarini tashkil etish masalalari muhokama qilingani, madaniy hamkorlik yo‘nalishida esa Jakarta va Samarqand shaharlarida "Madaniyat haftaligi"ni o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishilgani alohida qayd etildi. Ushbu tadbirlar ikki xalqning boy madaniy merosini keng targ‘ib etish, o‘zaro anglashuvni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Muloqot davomida tomonlar mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni kengaytirish hamda ularni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuvdan so‘ng Prezidentimiz tashabbusi bilan qaytadan milliy uslubda barpo qilingan Imom Buxoriy majmuasidagi bunyodkorliklar haqidagi lavha namoyish etildi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, aniq loyihalar asosida amaliy natijalarga erishish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Kiritilgan vaqti: 07/04/2026 19:45.   Ko‘rilganligi: 19
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-xalqaro-hamkorlik-markaziga-aylanmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing