w w w . s a m a r k a n d . u z

#Samarqand viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

#Samarqand viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Samarqand viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:

Samarqand viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi: Yerdan samarali foydalanish, qishloq xo’jaligi ekinlarini joylashtirish va monitoringi bo’yicha bo’lim boshlig’i;

Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi: Nasos stantsiyalari, quduqlardan foydalanish va raqamli texnologiyalarni joriy qilish shu’basi bosh mutaxassisi;

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi: Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo’limi bosh mutaxassisi;

Samarqand viloyati O‘simliklar karantini va himoya boshqarmasi: Oqdaryo tumani Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha yetakchi mutaxassisi;

Samarqand shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi: boshlig’i;

Kattaqo‘rg‘on tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi: boshlig’i;

Samarqand tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi: boshlig’i o’rinbosari;

Qo‘shrabot tumani Tibbiyot birlashmasi: koordinator;

Yoshlar ishlari agentligi Samarqand shahar bo‘limi:
— "Sevali Ota" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

— "Qo’rg’oncha" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

Oqdaryo tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi: "Oqdaryo’" mahallasidagi xotin-qizlar faoli;

Urgut tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi: "Chag’izmon’" mahallasidagi xotin-qizlar faoli.

Arizalar 03.06.2023-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.


Oxirgi o‘zgarish: 30/05/2023 14:59.   Ko‘rilganligi: 197
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyatidagi-vakant-lavozimlarga-ochiq-tanlov-elon-qilindi255211

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.