Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Samarqand viloyati bo'yicha quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi:
— moliya bo‘limi boshlig'ining o'rinbosari;
— o'quv jarayonini metodik ta'minlash va darsliklar bo'limi boshlig'i;
— pedagog kadrlar salohiyatini oshirishni muvofiqlashtirish sho‘basi boshlig'i;
— ta’lim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va mulkidan samarali foydalanish bo'limi yetakchi mutaxassisi;
Ishtixon tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi: xududiy rivojlantirish dasturlarini shakllantirish,moliyalashtirish,monitoring qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi;
Pastdarg‘om tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi: qishloq xo'jaligida bozor mexanizmlarini joriy etish, tomorqa yerlarini rivojlantirish va iste'mol bozorini monitoring qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi;
Kattaqo‘rgon tumani Statistika bo‘limi: yetakchi mutaxassisi;
Urgut tumani Madaniyat bo‘limi:
— bo'lim mudiri;
— bosh hisobchisi;
Bulung'ur tumani hokimligi: Bulung‘ur mahallasida hokim yordamchisi;
Toyloq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi: Katta yoshdagilar va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash shoʻbasi mudiri;
Pastdarg‘om tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi: 15-hudud 1-uchastka (Furqat MFY, Alisher Navoiy MFY, Sharof Rashidov MFY) mahallada kompleks ijtimoiy хizmat ko'rsatuvchi хodimi;
Yoshlar ishlari agentligi Samarqand shahar bo‘limi: Alisher Navoiy mahallasidagi yoshlar yetakchisi;
Yoshlar ishlari agentligi Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limi:
— Moybuloq mahallasidagi yoshlar yetakchisi;
— Qiyot mahallasidagi yoshlar yetakchisi;
— Qoqsoy mahallasidagi yoshlar yetakchisi;
Yoshlar ishlari agentligi Payariq tumani bo‘limi: Fitrat mahallasidagi yoshlar yetakchisi.
Arizalar 13.10.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 12
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.