w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyatida yuksak paxta xirmoni yaratildi

Samarqand viloyatida yuksak paxta xirmoni yaratildi

Samarqand viloyatidagi klaster korxonalari va fermer xo‘jaliklari 60 ming gektar maydondan 261,8 ming tonna paxta xomashyosi yig‘ishtirib olib, yillik shartnoma rejasini bajardi.

Bu natijaga fermerlar, mexanizatorlar va terim jarayonida ishtirok etgan barcha yurtdoshlarimizning hamjihatlikdagi mehnati tufayli erishildi. Paxtachilikda joriy etilgan zamonaviy agrotexnika usullari hamda o‘z vaqtida zarur resurslar bilan ta’minlanishi ham mo‘l hosil yaratishda muhim omil bo‘ldi.
Joriy yilda viloyatdagi 1791 ta fermer xo‘jaligi mahalliy ertapishar va istiqbolli hamda serhosil xorijiy paxta navlarini ekib, har qachongidan mo‘l hosil yetishtirdilar. Jumladan, “Buxoro-102”, “Sulton”, “Ravnaq-1” navlaridan 43-46 sentner, Xitoydan keltirilgan navlardan 56-65 sentner hosil oldilar. Umumiy hosildorlik o‘tgan yildagidan 6,1 sentnerga oshib, 43,7 sentnerni tashkil etdi.
Bunday yuqori hosildorlikka erishishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etilgani ham muhim omil bo‘ldi. Chunki bu usulda chopiq, kultivatsiya, qator olish, mineral o‘g‘it berish kabi bir nechta jarayon samarali tashkil etildi, texnika sarf-xarajati kamaydi. Gʻo‘za tomchilab sug‘orish orqali oziqlantirildi.
Shartnoma rejasidagi hosilni yig‘im-terib olish uchun 45 kun kifoya bo‘ldi. Mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun 720 ta terim otryadi tashkil etildi. Yetishtirilgan hosilning 102,6 ming tonnasi (39 foizi) qo‘l mehnati yordamida, 159,2 ming tonnasi (61 foizi) terim mashinalarida yig‘ishtirib olindi.

Kiritilgan vaqti: 29/10/2025 17:36.   Ko‘rilganligi: 36
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyatida-yuksak-paxta-xirmoni-yaratildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 3

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing