w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyatida Xitoyning "TIANNENG GROUP" kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Samarqand viloyatida Xitoyning "TIANNENG GROUP" kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Xitoyning "TIANNENG GROUP" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Kompaniyaning ijrochi direktori Yang Jianfen bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda o‘zaro hamkorlik istiqbollari hamda viloyatda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Yang Jianfen bugungi kunda Samarqand viloyatida xorijiy investorlar faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratilayotganini alohida ta’kidladi. U mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ochiq investitsiya siyosati hududlarda yirik hamda uzoq muddatli biznes loyihalarini ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam zamin yaratayotgani xususida to‘xtaldi. Yang Jianfen bunga yaqqol misol sifatida o‘zining hamkori – "Zhejiang Junsheng Energy" korxonasi rahbari 2025-yilning mart oyida Samarqand viloyatida plastmassa buyumlari ishlab chiqaruvchi investitsiya loyihasini amalga oshirganini aytib o‘tdi.
Shuningdek, Yang Jianfen O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojiga o‘z hissasini qo‘shishga qiziqish bildirib, hozirda kompaniya Samarqand viloyati bozorini o‘rganayotgani, uning ehtiyojlarini tahlil qilayotgani va istiqbolli investitsiyalar uchun ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.
O‘z navbatida, viloyat hokimi Adiz Boboyev xorijiy investorlarga amaldagi qonunchilik doirasida har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi. Jumladan, sanoatni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda viloyatning eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirishda ko‘mak berishga tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va ikki tomonlama muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Oxirgi o‘zgarish: 22/01/2026 14:34.   Ko‘rilganligi: 175
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyatida-xitoyning-tianneng-group-kompaniyasi-bilan-hamkorlik-istiqbollari-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing