w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyati Xitoy provinsiyalari bilan birodarlashgan eng yaxshi hamkor hudud sifatida e’tirof etildi

Samarqand viloyati Xitoy provinsiyalari bilan birodarlashgan eng yaxshi hamkor hudud sifatida e’tirof etildi

Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Kunmin shahrida “Qardosh shaharlar-2024” Xitoy xalqaro konferensiyasi bo’lib o’tmoqda. 

Xitoyning xorijiy davlatlar bilan do’stlik assotsiatsiyasi, Xitoy xalqaro qardosh shaharlar federatsiyasi va Yunnan provinsiyasi Xalq hukumati hamkorligida tashkil etilgan tadbirda 41 davlatdan vakillar ishtirok etmoqda. O’zbekiston Respublikasidan Samarqand viloyati delegatsiyasi ham tadbirga taklif etilgan.

Konferensiya davomida 2022-yilda Samarqand viloyati va Shandun provinsiyasi o’rtasida imzolangan birodarlashuv shartnomasi doirasida o’tgan davr davomida olib borilayotgan ishlar o’rnak sifatida ko’rsatib o’tildi. Iqtisodiyot, savdo, madaniyat, ta'lim, fan va texnika sohalarida olib borilayotgan hamkorlik ishlari yuqori baholandi.

Tadbir tashkilotchilar tomonidan Samarqand viloyati Xitoy hududlari bilan birodarlashgan eng yaxshi hamkor hudud sifatida e’tirof etildi va maxsus sovrin bilan taqdirlandi.


Kiritilgan vaqti: 19/11/2024 09:16.   Ko‘rilganligi: 77
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyati-xitoy-provinsiyalari-bilan-birodarlashgan-eng-yaxshi-hamkor-hudud-sifatida-etirof-etildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 1

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.