w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyati Kengashining 97-sessiyasi 28 mart kuni o‘tkaziladi

Samarqand viloyati Kengashining 97-sessiyasi 28 mart kuni o‘tkaziladi

Bu haqda viloyat hokimi E.Turdimov 2024 yil 18 martda qabul qilgan “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, to‘qson yettinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi qarorida ma’lum qildi.

Qarorga ko‘ra, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining to‘qson yettinchi sessiyasi 2024 yil 28 mart kuni chaqiriladi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Qarorining ijrosi yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari R.Mamatovning hisoboti;

- «O‘zbekiston - 2030» strategiyasining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i K.Shermatovning hisoboti;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 iyuldagi “2022-2026 yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan «Xavfsiz va ravon yo‘l» umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” Qarorning viloyatdagi ijrosi yuzasidan viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i A.O‘roqovning hisoboti;

- jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida;

- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi tomonidan viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hisobotlarini eshitish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida;

- Urgut tumani Nisbot mahallasi, Kattaqo‘rg‘on tumani Jumaboy mahallasi, Qo‘shrabot tumani Chorloq mahallasi, Ishtixon tumani Ko‘tarma mahallasi, Oqdaryo tumani Yangiqo‘rg‘on mahallasi, Toyloq tumani Jumabozor mahallasi va Paxtachi tumani Hunarmand mahallalarining bosh rejalarini va unga tutash mahallalarning shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalarini tasdiqlash to‘g‘risida;

- viloyat prokuraturasining 2024 yil 16 fevraldagi 15/24-527-sonli taqdimnomasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.


Kiritilgan vaqti: 19/03/2024 12:03.   Ko‘rilganligi: 158
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyati-kengashining-97-sessiyasi-28-mart-kuni-otkaziladi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 11

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.