Bu haqda viloyat hokimi E.Turdimov bugun, 10-fevraldagi “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, sakson birinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi qarorda ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Kengashning sakson birinchi sessiyasi 2023-yil 17-fevral kuni soat 10:00 da chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- viloyat prokurori J.Hotamovning viloyat prokuratura organlari tomonidan
- 2022-yilning II yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti haqida;
- viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i R.Mamatovning 2022-yil davomida viloyatda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;
- viloyatda 2022-yilda norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyevning axboroti to‘g‘risida;
- viloyat moliyaviy nazorat boshqarmasi boshlig‘i A.Hotamovning boshqarma tomonidan viloyatda 2022-yilda byudjet intizomini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;
- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
- davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida;
- viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- tashkiliy masala.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 15
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.