w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatida mavjud bo‘sh bo‘lgan profilaktika inspektori va Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasida bo‘sh ofitserlik lavozimlariga tanlov e’lon qilinadi!!!

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatida mavjud bo‘sh bo‘lgan profilaktika inspektori va Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasida bo‘sh ofitserlik lavozimlariga tanlov e’lon qilinadi!!!

Mazkur sohaga xizmatga kirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalari 2023-yil 22-may kunidan 31-may kuniga qadar, shu jumladan 31-may kuni ham qabul qilinadi. Belgilangan vaqtdan so‘ng fuqarolardan arizalar qabul qilinishi to‘xtatiladi !!!

Xizmatga qabul qilish parametrlari:

Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatida bo‘sh bo‘lgan profilaktika inspektori lavozimlariga, ixtiyoriy tartibda yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttiz yoshdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham, Samarqand viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi, oliy ma’lumotga ega, tarix, falsafa, milliy istiqlol g‘oyasi, huquq va ma’naviyat asoslari, matematika va informatika, fizika va astronomiya, pedagogika va psixologiya, filologiya va tillarni o‘qitish, chaqiriqqacha harbiy ta’lim, jismoniy madaniyat, sotsiologiya va psixologiya, xorijiy til va adabiyoti, huquqshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarini tamomlaganlar hamda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari orasidan shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, bo‘yi 165 santimetrdan past bo‘lmagan muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan erkak nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.

Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasida bo‘sh ofitserlik lavozimlariga, ixtiyoriy tartibda yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttiz yoshdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham, Samarqand viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi, tegishli oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, chet tillari ya’ni fransuz, nemis, xitoy, arab, koreys va ingliz tillaridan birida erkin so‘zlasha oladigan, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, bo‘yi
165 santimetrdan past bo‘lmagan erkaklar (muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan) va 160 santimetrdan past bo‘lmagan ayollar ishtirok etishlari mumkin.

Ichki ishlar organlari xizmatiga kirish istagini bildirgan nomzodlar quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.

- biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi;
- yaqin qarindoshlari (ota-ona, er-xotin, farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari) biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi;
- o‘qish va ish (agar o‘qiyotgan yoki ishlayotgan bo‘lsa) joyidan tavsifnoma;
- nomzod tomonidan qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
- anketa-ma’lumotnoma;
- harbiy guvohnoma;
- doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida ma’lumotnoma (bo‘yining balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda).

Samarqand viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatida mavjud bo‘sh bo‘lgan profilaktika inspektori va Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasida bo‘sh ofitserlik lavozimiga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar belgilangan kunlarda soat 09:00 dan 18:00 ga qadar Samarqand viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga kelishlari so‘raladi.

Tanlovlar nomzodning xohishiga ko‘ra davlat, qoraqalpoq yoki rus tillarida o‘tkaziladi.

Murojaat uchun telefon 66-223-59-41; 66-223-57-57.

Samarqand viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati


Kiritilgan vaqti: 17/05/2023 11:32.   Ko‘rilganligi: 230
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyati-ichki-ishlar-boshqarmasi-huquqbuzarliklar-profilaktikasi-xizmatida-mavjud-bosh-bolgan-profilaktika-inspektori-va-xavfsiz-turizmni-taminlash-boshqarmasida-bosh-ofitserlik-lavozimlariga-tanlov-elon-qilinadi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 4

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.