w w w . s a m a r k a n d . u z

SAMARQAND VILOYATI HOKIMI VAZIFASINI BAJARUVCHI ADIZ BOBOYEVNING FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI VAKILLARIGA MUROJAATI

SAMARQAND VILOYATI HOKIMI VAZIFASINI BAJARUVCHI ADIZ BOBOYEVNING FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI VAKILLARIGA MUROJAATI

Hurmatli fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari!

Sizlarni Samarqand viloyati hokimligi nomidan “Fuqarolik jamiyati haftaligi” munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!

Bugun mamlakatimizda demokratiya tamoyillariga asoslangan, ochiq va xalq xizmatidagi davlat boshqaruvi tizimini shakllantirishda fuqarolik jamiyatining oʻrni beqiyos ahamiyat kasb etmoqda. Sizlarning faolligingiz, tashabbuskorligingiz va jamiyat manfaatlarini ilgari surishdagi fidokorligingiz tufayli yurtimizda davlat va jamoatchilik oʻrtasidagi ishonch va hamkorlik muhiti tobora mustahkamlanmoqda.

Samarqand viloyatida soʻnggi yillarda fuqarolik jamiyati vakillari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, aholining ijtimoiy faolligini kuchaytirish va mahalla darajasidagi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan suv taʼminoti, yoʻl infratuzilmasi, atrof-muhit muhofazasi, nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish kabi sohalarda amaliy loyihalar yoʻlga qoʻyilgani eʼtirofga loyiq.

Bugungi kunda fuqarolik jamiyati institutlari nafaqat muammolarni koʻtarayotgan, balki ularning yechimini ham taklif etayotgan kuchli ijtimoiy sherikka aylandi. Bu — zamon talabiga mos faol pozitsiya, jamiyat taraqqiyotiga hissa qoʻshishning eng taʼsirchan yoʻlidir.

Hurmatli fuqarolik jamiyati institutlari vakillari!

Sizlarning fikringiz, tashabbusingiz va amaliy faolligingiz viloyatimiz hayotida katta ahamiyat kasb etadi. Shu bois, biz barcha darajadagi davlat idoralari bilan ochiq muloqot maydonlarini kengaytirish, jamoatchilik fikrini inobatga olish va qaror qabul qilish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarini faol ishtirok ettirishni ustuvor vazifa deb bilamiz.

Hokimlik Sizlarning ijtimoiy loyihalaringizni amalga oshirish, yangi gʻoyalaringizni hayotga tatbiq etish va aholi manfaatlariga xizmat qiladigan tashabbuslaringizni roʻyobga chiqarishda doimo yordamchi boʻlib qoladi.

Siz tomoningizdan olib borilayotgan faoliyat — bu faqat jamoatchilik xizmati emas, balki inson qadrini ulugʻlash, xalq ishonchini oqlash va Vatan ravnaqiga hissa qoʻshish yoʻlidagi ezgu harakatdir.

Shu munosabat bilan barchangizni Fuqarolik jamiyati haftaligi bilan tabriklar ekanman, faoliyatingizda yangi gʻalabalar, yuksak zafarlar va ijtimoiy hamjihatlik tilayman.

Yurtimizning har bir goʻshasida fuqarolik jamiyatining faol, masʼul va tashabbuskor vakillari bor ekan, islohotlar samarasi yanada yuksak boʻlishiga ishonaman.

 

Hurmat bilan,
Samarqand viloyati hokimi v.b.

A.Boboyev


Oxirgi o‘zgarish: 21/11/2025 14:20.   Ko‘rilganligi: 172
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyati-hokimi-vazifasini-bajaruvchi-adiz-boboyevning-fuqarolik-jamiyati-institutlari-vakillariga-murojaati

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing