w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev rahbarligida

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev rahbarligida

Paxtachi tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning natijadorligini oshirish, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish orqali aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar muhokama etildi.

Tumanning “Mirzayev Shuhrat Kenjayevich” g‘allachilik klasterida o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda viloyat boshqarmalari, tuman hokimligi va tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi. Shu bilan birga tumandagi ayrim muammoli masalalar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglandi.
Xususan, tumanning salohiyatini oshirish, ijtimoiy muammolarni hal etish va aholining turmush farovonligini yuksaltirish borasida belgilangan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Sanoat korxonalari faoliyatini kengaytirish, investitsiya jalb etish, qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish borasidagi yangi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

Kiritilgan vaqti: 20/06/2025 19:20.   Ko‘rilganligi: 27
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyati-hokimi-vazifasini-bajaruvchi-adiz-boboyev-rahbarligida

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing