
Kattaqo‘rg‘on tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlar bilan tanishmoqda.
Viloyat rahbari dastlab tumanning Melixo‘ja mahallasida joylashgan “Buter shop” chorvachilik klasterida bo‘ldi. Mazkur xo‘jalikda hozirgi kunda 600 bosh qoramol, 150 bosh qo‘y va 60 bosh ot parvarish qilinmoqda.
Tadbirkor tomonidan kelgusida qiymati 11 milliard so‘mga teng bo‘lgan, 1000 bosh naslli sigir boqishga mo‘ljallangan yangi chorvachilik majmuasini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Adiz Boboyev mazkur loyihani yanada kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash, ozuqa bazasini yaxshilash yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Viloyat rahbari tumanning Boltabek MFYda "mahalla yettiligi", nuroniylar va faollar bilan muloqot qildi. Unda mahalladagi ayrim muammolar va ularning yechimi, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, bandligini taʼminlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 2
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.