w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosarlari Xitoy Xalq Respublikasi “Xinjiang Transportation Investment (Group) Co.,Ltd” bosh direktori Vang Cheng boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosarlari Xitoy Xalq Respublikasi “Xinjiang Transportation Investment (Group) Co.,Ltd” bosh direktori Vang Cheng boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

“Xinjiang Transportation Investment (Group) Co.,Ltd” bosh direktori Vang Cheng tomonidan avtomobil transport yo‘llari, temir yo‘llar qurish, logistika, qurilish yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalar amalga oshirish hamda turizm yo‘nalishida hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.
Shundan so‘ng mazkur loyihalarni amalga oshirishning texnik jihatlari va dolzarbligi ko‘rib chiqilib, viloyat hokimi o‘rinbosarlari tomonidan viloyatning “Shirin” massivida aholi turar-joy komplekslari va mehmonxomalar qurish, savdo majmualari va erkin savdo markazlari tashkil etish, dam olish maskanlari qurish bo‘yicha istiqbolli loyihalar takliflari berildi.
Uchrashuv so‘nggida hamkorlikda ish olib borish yuzasidan kelishib olindi.

Kiritilgan vaqti: 23/04/2025 19:11.   Ko‘rilganligi: 287
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyati-hokimi-orinbosarlari-xitoy-xalq-respublikasi-xinjiang-transportation-investment-group-coltd-bosh-direktori-vang-cheng-boshchiligidagi-delegatsiya-azolari-bilan-uchrashuv-otkazdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 4

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing