w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Xitoyning “Azureflow Paper” kompaniyasi rahbari Djeyson Cheng bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Xitoyning “Azureflow Paper” kompaniyasi rahbari Djeyson Cheng bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda hududda yangi sanoat korxonasini tashkil etish va investitsiya loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lum qilinishicha, “Azureflow Paper” kompaniyasi sanoat, ofis va maishiy ehtiyojlar uchun turli xil qog‘oz mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda eksport qilishga ixtisoslashgan. Kompaniya rahbari tomonidan bildirilishicha, Urgut erkin iqtisodiy zonasining Xishrav massividan auksion savdolari orqali yer sotib olinib, ayni paytda ushbu hududda qurilish ishlari boshlangan.
Loyiha doirasida korxona uchun zarur uskuna va zamonaviy texnologiyalar ikki oy muddatda olib kelinishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni tashqi bozorlarga eksport qilish bo‘yicha ham hozirdan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Viloyat hokimi o‘z navbatida mazkur yo‘nalishdagi ilg‘or xorijiy tajribalarni mahalliy yoshlarga ham o‘rgatish, ularni ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani belgilangan muddatlarda to‘liq amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borishga kelishib oldilar.

Kiritilgan vaqti: 21/06/2026 20:59.   Ko‘rilganligi: 416
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyati-hokimi-adiz-boboyev-xitoyning-azureflow-paper-kompaniyasi-rahbari-djeyson-cheng-bilan-uchrashuv-otkazdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing